Rahbariyat

ГУП "Геоинновационный центр"

Abdullayev Abdushukur Xamidovich

Direktor

MAʼLUMOTNOMA

Abdullayev Abdushukur Xamidovich 1959-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1981-yil Toshkent politexnika institutini muhandis-mexanik yo‘nalishini tamomlagan.

A.X.Abdullaev mehnat faoliyatini 1974-yil Toshkent shahar 38-sonli umumtaʼlim

maktabi laboranti sifatida ish boshlagan.

1981-yildan 1989-yilgacha Toshkent politexnika instituti “Sovutish mashinalari

va qurilmalari” kafedrasi assistenti, ilmiy xodimi lavozimida ishlagan.

1989-yildan 1992-yilgacha Toshkent politexnika instituti «Vlagometriya»

ilmiy-tadqiqot guruhi kichik ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan.

1992-yildan 1994-yilgacha Toshkent davlat texnika universiteti aspiranti bo‘lgan.

1994-yildan 2001-yilgacha Toshkent davlat texnika universiteti “Metrologiya

va o‘lchash texnikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsenti sifatida faoliyat yuritgan.

2001-yildan 2004-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim

vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2004-yildan 2005-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan.

2005-yildan 2017-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan.

2017-yildan 2020-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari,

geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya

va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari - Geoinnovatsiya markazi direktori lavozimida ishlagan.

2020-yildan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

direktorining o‘rinbosari - Geoinnovatsiya markazi direktori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bizda konsultatsiyadan oting

Otish
GEOIC

Bo'sh Ofis